Му5
8

Ertaga Oliy Majlis Senatining 22-yalpi majlisi ochiladi

Siyosat 13.09.2019, 20:56
Теглар: Qaror, Oliy Majlis
832
Ertaga Oliy Majlis Senatining 22-yalpi majlisi ochiladi

O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma ikkinchi yalpi majlisi ertaga, 14 sentyabr kuni soat 15.00 da Toshkent shahrida, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining majlislar zalida ochiladi.

Senat a`zolari soat 13.00 dan O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati binosining foyesida ro`yxatga olinadi.

Eslatib o`tamiz, Oliy Majlis Senatining yigirma birinchi yalpi majlisi 23-24 avgust kunlari bo`lib o`tdi. Unda jamiyat hayotining barcha sohalari huquqiy asoslarini mustahkamlashga, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko`lamli islohotlarning samaradorligini oshirishga, xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan 26 ta masala, shu jumladan 16 ta qonun ko`rib chiqildi.

Senatorlar tomonidan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to`g`risida”gi, “Xotin-qizlarni tazyiqlar va zo`ravonlikdan himoya qilish to`g`risida”gi, “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunlari ko`rib chiqilib, ma`qullandi.

“Ona suti bilan oziqlantirishni qo`llab-quvvatlash hamda go`daklar va kichik yoshdagi bolalar oziq-ovqat mahsulotlariga doir talablar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni esa rad etildi.

Шарҳлар

Xokim qaroriga o`zgartirish kiritildi. Endi navoiyliklar uyiga mehmon kelsa, bir kun uchun 3 ming so`m to`laydi

18.12.2019, 10:26

Navoiy shahri hokimining yangi qaroriga asosan oilaviy yotoqxonalarda yashovchilar uyiga mehmon olib kelsa, mehmon uchun ham alohida pul to`lashi joriy etilgani xabar qilingan edi. Ushbu...
Endilikda 28 turdagi talab qilish taqiqlangan ma`lumotnomalar qaysilar? (ro`yxat)

11.12.2019, 15:35

Avvalroq, “Byurokratik to`siqlarni yanada qisqartirish hamda davlat organlari va tashkilotlari faoliyatiga zamonaviy boshqaruv tamoyillarini joriy qilish chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident qarori qabulingani haqida xabar bergan edik.Unga ko`ra,...
Tadbirkorlar uchun o`rnatilgan bir qator talablar bekor bo`ldi

21.11.2019, 13:00

O`zbekiston Respublikasi prezidenti “Mamlakatda biznes muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlikni qo`llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorni imzoladi.Unga ko`ra:2020 yil 1 fevraldan boshlabeksport-import operasiyalarini amalga oshirishda talab etiladigan...
​O`ZBEKISTONDA MADANIYaT VA SAN`ATNI RIVOJLANTIRISh JAMG`ARMASI TAShKIL ETILADI

17.10.2017, 09:38

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Madaniyat vazirligi huzurida Madaniyat va san`atni rivojlantirish jamg`armasini tashkil etish to`g`risida qaror imzoladi. Qaror madaniyat va san`at sohasidagi boshqaruv tizimida davlat siyosatini...