O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Qo`qon shahrida bu yil birinchi marotaba o`tkazilayotgan Xalqaro hunarmandchilik festivalining asosiy tadbirlarida ishtirok etish uchun Farg`ona viloyatiga jo`nab ketdi.
Davlatimiz rahbari, shuningdek, hududda ish boshlagan sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishishi, viloyat faollari, ziyolilar bilan muloqot qilishi ham kutilmoqda.