42

G`isht sexidagi qing`irlik aniqlandi

Jinoyat 14.09.2019, 14:08
371
G`isht sexidagi qing`irlik aniqlandi

Hech kim bilmaydi qabilida ish yuritish kishining o`ziga doimo ortiqcha tashvish keltirishi tayin. Chunki "ko`za kunida sinadi". Qahramonimiz K. Akramov ham yaxshi niyatlar bilanxom g`isht ishlab chiqarish sexi tashkil etib, mahalladoshlarining og`irini engil qilib yurgandi. Biznesi orqasidan daromad topib, ro`zg`origa ham baraka kirgani rost. Ammo u daromadini yanada oshirish uchun qing`ir yo`lni tanlab, o`z nomiga dog` tushirdi.

Majburiy ijro byurosining Mirzaobod tuman bo`limi tomonidan Yo`ldoshobod mahallasida joylashgan g`isht tayyorlash sexida energiya resurslaridan foydalanishning qonuniyligi tekshirildi.

Aniqlanishicha, korxona direktori K.Akramov sexdagi elektr hisoblagichni ro`yxatdan o`tkazmay, ta`minotchi korxona bilan shartnoma tuzmasdan faoliyat olib borgan. Xom g`isht ishlab chiqarish sexida mavjud 1 dona 55 kvt.li, 1 dona 17 kvt.li, 2 dona har biri 2 kvt.li ,1 dona 7,5 kvt.li va 1 dona 5 kvt.li dvigatellardan noqonuniy foydalanganligi aniklangan.

Tuman elektr taminoti korxonasining qaytahisobiga ko`ra, ushbu korxona tomonidan 36 mln. 639 ming 000 so`m miqdorida zarar etkazilganligi aniqlangan. Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Комментарии