AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Qo`qonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari bilan tanishdi

'Shavkat Mirziyoev Qo`qonda ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlari bilan tanishdi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev «Qo`qon» erkin iqtisodiy zonasidagi «Shaffof omadli sanoat» qo`shma korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 12 yanvardagi farmoniga asosan tashkil etilgan ushbu erkin iqtisodiy hudud qariyb 710 gektar maydonda joylashgan. Bu erda mashinasozlik, to`qimachilik, elektr texnikasi, farmasevtika, oziq-ovqat sanoati, charm-poyabzal va boshqa tarmoqlarda umumiy qiymati 180 million dollarlik 94 ta investisiyaviy loyiha amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda 52 million dollarlik 29 ta loyiha foydalanishga topshirilgan, 1 ming 700 ga yaqin ish o`rinlari tashkil etilgan. Joriy yilning sakkiz oyida erkin iqtisodiy zona rezidentlari tomonidan jami qiymati 407 milliard so`mlik mahsulot ishlab chiqarilib, 3,3 million dollarlik tovarlar eksport qilingan.

«Shaffof omadli sanoat» qo`shma korxonasi davlatimiz rahbarining joriy yil maydagi tashrifi asnosida ishlab chiqilgan Farg`ona viloyatini 2019-2020 yillarda rivojlantirish bo`yicha hududiy investisiya dasturi doirasida tashkil etilgan.

Bu erda yiliga 230 ming dona metan va 250 ming dona propan uskunalari, 300 ming dona butlovchi va ehtiyot qismlar ishlab chiqariladi.

Hisob-kitoblarga ko`ra, bu yilliga 20 million dollar miqdoridagi import o`rnini to`ldirish imkonini beradi. Shuningdek, qo`shni davlatlarga 60 million dollarlik mahsulot eksport qilish ham rejalashtirilgan.

Mazkur korxonada kelgusi yildan yuk tashuvchi karalar, 2021 yildan elektromobillar ishlab chiqarish mo`ljallanmoqda.

Prezident elektromobillarning iqtisodiy samaradorligiga alohida e`tibor qaratdi.

Xitoyning Silk Road Company kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshiriladigan mazkur loyihaning umumiy qiymati 30 million AQSh dollari bo`lib, shundan 24 million dollari xorijiy investisiyadir.

Hisob-kitoblarga ko`ra, yurtimizda ishlab chiqariladigan ekologik toza elektromobillar narxi 3 ming dollar atrofida bo`ladi. Ular neft mahsulotlari cheklangan sharoitda muhim ahamiyat kasb etadi.

Davlatimiz rahbari shu erda «Qo`qon» erkin iqtisodiy zonasida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni ko`zdan kechirdi, farg`onalik tadbirkorlar bilan suhbatlashdi.

    Boshqa yangiliklar