42

Eksport salohiyati tobora ortmoqda

Jamiyat 15.09.2019, 13:05
143
Eksport salohiyati tobora ortmoqda

Bugungi kunda mamlakatimizda eksport faoliyatini qo`llab-quvvatlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Eksport jarayonida tadbirkorlarga berilayotgan soliq va bojxona imtiyozlari, sertifikat va ruxsatnomalar olish jarayonidagi soddalashtirilgan tizim jular jumlasidan. Natijalar esa o`z samarasini ko`p kuttirayotgani yo`q. Birgina Navoiy viloyati misolida statistik ma`lumotlarga yuzlansak, eksportda sezilardi o`sishga erishilganligini ko`rishimiz mumkin. Xususan, joriy yilning o`tgan 8 oyi davomida viloyat tadbirkorlari tomonidan qiymati 19,4 mln. AQSh dollariga teng meva-sabzavot mahsulotlari eksport qilingan va bu ko`rsatkich o`tgan yilning mos davriga nisbatan 17,6 foizga ko`p demakdir.

Viloyatdan eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlarining hududlar kesimidagi tahlili

O`tgan davr mobaynida viloyatdan mayiz, bodom, piyoz, pomidor, o`rik, loviya, uzum kabi jami 42 turdagi mahsulotlar eksport qilingan.

Hududlarning tabiiy iqlimi, hududi, unumdor erlari miqdori inobatga olinsa Navoiyning eksport salohiyati juda yuqori ekanligi oydinlashadi.

Shu boisdan bojxonachilar tomonidan bevosita hududlarga chiqqan holda eksportyor korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishish, ularga amaliy yordam ko`rsatish, bundan tashqari eksport faoliyatini yo`lga qo`yish istagida bo`lgan tadbirkorlar bilan targ`ibot-tashviqot tadbirlarini o`tkazish ishlari doimiy ravishda amalga oshirib kelinmoqda.

Ayni kunlarda mazkur amaliy yordam ishlari Xatirchi tumani miqyosida olib borilmoqda. Hisob-kitoblarga ko`ra, joriy yilda tumanga 331 gektar maydonga sabzavotlar, 118 gektar maydonga poliz mahsulotlari, shuningdek 1163 gektar maydonga kunjut va tariq mahsulotlari takroriy ekin sifatida ekilgan. Bundan tashqari Xatirchida etishtiriladigan mayizlar butun dunyoga mashhur. Ayni damlarda tumandan aynan shu kabi mahsulotlar hosilini yig`ib olib, eksport qilish ishlari jadal ravishda olib borilmoqda.

Eksport qilingan meva-sabzavot mahsulotlarining turi kesimidagi tahlili

Uchrashuvlar davomida “Omonov Dilmurod bog`i” fermer xo`jaligi, “Murodullo bobo dalasi” fermer xo`jaligi, “Elyor Qo`ldosh saxovati” fermer xo`jaligi, “Zar Muqaddas barhayot” fermer xo`jaliklariga borilib, eksport faoliyati bo`yicha tushuntirishlar berildi.

Albatta, bu kabi sa`y-harakatlar tumanning eksport salohiyatini oshirishda o`zining ijobiy samarasini beradi.

Комментарии