AsosiyJamiyat

O`zbekiston va Turkiyaning gastronomik turizmni rivojlantiruvchi uyushmalari o`rtasida hamkorlik bitimi imzolandi

'O`zbekiston va Turkiyaning gastronomik turizmni rivojlantiruvchi uyushmalari o`rtasida hamkorlik bitimi imzolandi'ning rasmi

O`zbekistonning turizm sohasidagi jamoat tashkilotlari hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi vakillari Turkiya Gastronomik turizm uyushmasi (GTD)ga tashrif buyurdi. Tashrif Turk dunyosi Mahalliy hokimiyatlar birlashmasi hamkorligida tashkil etildi. 13 sentyabr O`zbekiston va Turkiya Gastrokomik turizmi uyushmalari uchun muhim sana bo`ldi. Turkiya Gastronomik turizmi uyushmasi raisi Gurkan Bo`ztepe bilan bo`lib o`tgan uchrashuv yakuniga ko`ra, gastronomik turizmni rivojlantirishga doir ikki tomonlamali hamkorlik bitimi imzolandi.

Hujjat Turkiyada har yili o`zbek oshxonasi haftaligini o`tkazish va Turkiya mehmonxonalarida o`zbek nonushtasini joriy qilishni ko`zda tutadi. Shuningdek, Turkiyaning 5 yulduzli mehmonxonalari bosh oshpazlari uchun O`zbekiston oshpazlari tomonidan “O`zbek nonushtasi” bo`yicha maxsus treninglar tashkil etiladi. Mehmonxona restoranida haftaning bir kuni “Uzbek cuisine day” deb e`lon qilinishi va bu kunda restoran menyusidan faqat o`zbek milliy taomlari joy egallashi kutilmoqda. Bundan tashqari, Fotih tumani hokimligida “Fotihda turizm sohasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish” taqdimoti bo`lib o`tdi.

Unda turizm sohasida erishilgan yutuqlar bilan birga yo`l qo`yilayotgan kamchiliklar haqida ham ma`lumot berildi. Xususan, turistlar tomonidan mehmonxona va restoranlar bo`yicha jiddiy e`tiroz va salbiy fikrlar internet saytlar orqali tizimli tahlil etilib, joylarga chiqqan holda o`rganilayotgani ta`kidlandi. Qayd etish joizki, har yili yoz mavsumida 500 nafar ko`ngilli yoshlardan iborat “Turizm elchilari” loyihasiga start beriladi. Turk va boshqa tillarni bilgan yoshlar maxsus suhbat asosida tanlab olinadi va ular uchun maxsus o`quv mashg`ulotlari tashkil etiladi hamda velosiped bilan birga kerakli materiallar taqdim etiladi. Ko`ngilli yoshlardan iborat “Turizm elchilari”ga kunlik egulik va yo`lkira puli o`rtacha 5 AQSh dollari miqdorida ajratiladi. Shuningdek, "Ask me" (“Mendan so`ra”) yozuvi tushirilgan futbolka va kepkalar tarqatiladi.

    Boshqa yangiliklar