AsosiyJamiyat

Bir kunda yarim tonna paxta tergan ayolga Spark sovg`a qilishdi

'Bir kunda yarim tonna paxta tergan ayolga Spark sovg`a qilishdi'ning rasmi

Andijonlik terimchi ayol bir kunda 500 kilogramm paxta terib rekord o`rnatdi. Ushbu rekord uchun Andijon viloyat hokimligi terimchi ayolga Spark avtomobilini sovg`a qildi, deb xabar beradi «U24.uz».

Shuningdek, paxta terimida faol qatnashayotgan terimchilarga viloyat hokimligi tomonidan muzlatgich, televizor kabi rag`batlantiruvchi sovg`alar taqdim etilgan.

Eslatib o`tamiz:

2019 yil paxta hosilini yig`ib-terib olish ishlarini uyushqoqlik bilan o`tkazish chora-tadbirlari to`g`risida hukumat qaroriga ko`ra:

  • mashinada terilgan 1 tonna paxta uchun – 600 000 so`m xizmat haqi;
  • qo`lda terilgan 1 kilogramm paxta uchun birinchi terimda – 800 so`mdan, ikkinchi terimda – 1200 so`mdan;
  • mavsum mobaynida terim otryadi rahbarlariga har oyda 2 million so`mdan, terim markazlari rahbarlariga 3 million so`mdan mehnat haqi to`lanadi.

    Boshqa yangiliklar