AsosiyJamiyat

Urgutda o`qituvchi ayol o`quvchi qizni urdi

'Urgutda o`qituvchi ayol o`quvchi qizni urdi'ning rasmi

Internet saytlaridan biriga Samarqand viloyatining Urgut tumanida joylashgan 27-umumta`lim maktabining o`qituvchisi o`quvchi qizni urganligi aks etgan video kelib tushdi.

Maktabdagi kuzatuv kamerasiga tushib qolgan voqea 13 sentyabr kuni soat 16:30 atrofida sodir bo`lgan. Muallima o`quvchiga nima sababdan qo`l ko`targanligi noma`lum.

Yarim daqiqalik videoyozuvda maktab yo`lagida o`qituvchi ayol o`quvchi qizga tanbeh berayotgani va urayotgani aks etgan.

Bu holatni ko`rgan boshqa o`qituvchi esa indamasdan o`tib ketgan.

Mas`ul organlar bunga nima deyishadi, javobini kutib qolamiz.

    Boshqa yangiliklar