41

Yirik miqdordagi naqd xorijiy valyutalarni yashirincha olib o`tishga urinish fosh qilindi

Jinoyat 18.09.2019, 17:57
577
Yirik miqdordagi naqd xorijiy valyutalarni yashirincha olib o`tishga urinish  fosh qilindi

Bojxona xodimlari tomonidan naqd xorijiy valyutalarni bojxona chegaralaridan turli noqonuniy yo`llar bilan olib o`tilishiga qarshi samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Navoiy” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan, ushbu postga piyoda holda kirib kelgan fuqaro O.A. bojxona nazoratidan o`tkazilganda fukaroning egnidagi kiyimi cho`ntaklariga yashirilgan, og`zaki so`rovda taqdim qilinmagan va yo`lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko`rsatilmagan 40 000 AQSh dollari yashirilganligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

“G`ishtko`prik” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan ham shunga o`xshash holat aniqlandi.

Ushbu postorqali qo`shni davlatga yo`l olgan U.N. va I.X. ismli shaxslar ham bojxona nazoratidan o`tkazilganda, ular qariyb 20 ming AQSh dollari miqdoridagi naqd xorijiy valyutalarni kiyimlari orasiga yashirib, respublikamizdan noqonuniy ravishda olib chiqmoqchi bo`lganliklari aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Комментарии