AsosiyDunyo

Saudiya Arabistoni mamlakat neft zavodlariga uyushtirilgan hujumda Eronni aybladi (Video)

'Saudiya Arabistoni mamlakat neft zavodlariga uyushtirilgan hujumda Eronni aybladi (Video)'ning rasmi

Mamlakat mudofaa vazirligi 14 sentyabr kungi hujumlar vaqtida ishlatilgan dronlar va raketalarning bo`laklarini namoyish etdi. Bu haqda Euronews nashri xabar berdi.

Mudofaa vazirligi rasmiy vakili Turki-al Maliki Eron tomonidan tajovuzkorlikning davom etayotgani, mamlakat tomonidan turli terrorchilik guruhlarining qo`llab-quvvatlanayotgani, yuk kemalarining erkin harakatlanishiga nisbatan qo`llanilayotgan to`siqlar barcha uchun birdek xavf tug`dirayotganini ta`kidlab, xalqaro hamjamiyatni Eronning mintaqadagi dushmanlik harakatlariga e`tibor qaratishga chaqirdi.

Eron prezidenti maslahatchisi Hisomiddin Ashena o`zining tvitter sahifasida Saudiya mudofaa vazirligining bayonotiga nisbatan javob qaytardi: "Hujumlarga Tehronning aloqadorligi to`g`risidagi ushbu bayonot Ar-Riyodning dronlar va raketalar aslida qaerdan uchirilganini aniqlay olmayotganing isboti. Ular hattoki hujumlarni nima uchun qaytara olmaganini tushuntira olishmayapti", deya yozuv qoldirdi. Ar-Riyodga kelgan AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo esa ushbu hujumlarni Eron aynan o`z hududi orqali amalga oshirganini ta`kidladi. Bunga javoban Eron prezidenti Hasan Ruhoniy "Yolg`on ayblovlar o`rniga oyoqqa turayotgan xalqlar kuchini hisobga olish lozim” ekanligini ma`lum qildi.


Boshqa yangiliklar