Prezident Shavkat Mirziyoev 20 sentyabr kuni «O`zbekiston Respublikasi «O`zarxiv» agentligi faoliyatini takomillashtirish to`g`risida»gi qarorni imzoladi.
Unga ko`ra, 2019 yil 1 oktyabrdan:
Agentlik markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlarining lavozim maoshlari Yagona tarif setkasi bo`yicha mehnatga haq to`lashning tasdiqlangan razryadlariga asosan 1,6 baravarga oshiriladi.
Agentlik markaziy apparati va hududiy boshqarmalari xodimlariga sohada uzoq muddat xizmat qilgani uchun ish haqiga ustama haq to`lanadi.
Ushbu bandni amalga oshirish bilan bog`liq xarajatlar Davlat byudjeti mablag`lari hisobidan qoplanadi.