AsosiyJamiyat

Endi arxivdan ma`lumotnoma olish ancha osonlashadi

'Endi arxivdan ma`lumotnoma olish ancha osonlashadi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev bugun imzolagan «O`zbekiston Respublikasida arxiv ishi va ish yuritishni takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi farmonga asosan, keyingi yildan arxivdan ma`lumotnoma olish ancha osonlashadi.

Chunki 2020 yil 1 iyungacha quyidagi xizmatlarni Davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko`rsatishni joriy qilinadi:

  • o`qiganlikni tasdiqlash haqidagi arxiv ma`lumotnomasini berish;
  • ish stajini tasdiqlash haqidagi arxiv ma`lumotnomasini berish;
  • ish haqini tasdiqlash haqidagi arxiv ma`lumotnomasini berish;
  • arab alifbosida yaratilgan turkiy, forsiy va arabcha hujjatlardagi axborotlar bo`yicha annotasiya ma`lumotlarini tayyorlab berish;
  • arxiv hujjatlari, kitoblar va qo`lyozmalarni raqamlashtirish (elektron nusxa olish).

Bunday ma`lumotnomalar asosan pensiyaga chiqayotgan paytda juda kerak bo`ladi. Pensiya arafasidagi fuqarolar arxivma-arxiv tentirab yurishi ham kuzatiladi.

    Boshqa yangiliklar