AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda Bosh prokuratura rahbariyati ishtirokida sayyor qabul bo`lib o`tdi

'Qashqadaryoda Bosh prokuratura rahbariyati ishtirokida sayyor qabul bo`lib o`tdi'ning rasmi

Joriy yilning 20 sentyabr sanasida Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani "Xalq qabulxonasi" binosida O`zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori Botir Qudratxo`jaev rahbarligida o`tkazilgan navbatdagi sayyor qabulda viloyat, tuman hokimyati vakillari, viloyat prokurorining o`rinbosarlari, hududda faoliyat olib borayotgan aloqador korxona va tashkilotlarning mas`ul rahbarlari ishtirok etdi.

Qabul jarayonida mavjud muammolar atroflicha o`rganilib, viloyatda istiqomat qilayotgan 32 nafardan ortiq fuqarolardan tushgan turli mavzulardagi murojaatlar fuqarolar ishtirokida miuhokama qilindi.

Ko`rilgan murojaatlarning 4 tasi joyida qanoatlantirildi. Jumladan, fuqarolar S.Xoliqulova, B.Shodmonov va S.Shernaevlarning fermer xo`jaliklari hisobidan ish haqi undirish bilan bog`liq murojaatlar ijobiy hal etildi.

Barcha murojaatlar nazoratga olinib, belgilangan muddatlarda qonuniy hal qilinishi yuzasidan mas`ullarga zarur topshiriqlar berildi.

Bu kabi sayyor qabullarning tez-tez, ayniqsa chekka hududlarda o`tkazilishi fuqarolarning muammolari ijobiy echim topishida muhim ahamiyatga ega bo`lmoqda.

    Boshqa yangiliklar