AsosiyJamiyat

Qashqadaryoda ko`pkari musobaqalari bo`lib o`tmoqda

'Qashqadaryoda ko`pkari musobaqalari bo`lib o`tmoqda'ning rasmi

Xalqimizda bayramlar, to`y-tomoshalar oldidan ko`pkari musobaqalarini uyushtirish odat tusiga kirgan. Ko`pkari (uloq) – O`rta Osiyo xalqlarining qadimiy milliy, ommaviy, o`yinlaridan biri. Ushbu musobaqa asosan g`alaba va hosil bayramlari, to`y va sayllar munosabati bilan o`tkazilgan. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi axborot xizmati xabar berdi.

U ko`proq xatna (chipron) to`ylarida rasm bo`lgan. Uloq turkiy xalqlar, ayniqsa, uning qo`ng`irot, qurama, ming, mang`it, oyrat, yoyilma, kenegas, qipchoq, barlos kabi urug`lari orasida ommalashgan. Uloq tomoshalari oldidan maxsus jarchilar qishloq, ovullarga yuborilib, odamlar gavjum joylarda, bozorlarda Uloq kim tomonidan, qaerda va nima maqsadda o`tkazilayotgani hamda qo`yiladigan sovrinlarni e`lon qilgan. Ko`pkari turli joylarda har xil qoida bo`yicha (chortoq, sudratma, marra, poyga, pakka, minbar va boshqa nomlar bilan atalgan) uyushtirilgan. Uloq ko`ngilochar tomosha yoki shunchaki o`yin bo`lmasdan, o`g`il bolalar, yigitlarni mard, jasur, epchil, dovyurak qilib tarbiyalash usullaridan biri hisoblangan.

Uloq o`yinlari ot naslini yaxshilashga, uning chidamli, tez harakat qiladigan zotlarini ko`paytirishga yordam bergagn. Qorabayir, arabi, axaltekin, qurama, laqay, kustanay, qorabog` va Orlov ot zotlari uloqchi otlar hisoblanadi. Ta`kidlash joizki, ko`pkari kabi milliy o`yinlarimiz bugunga qadar ko`plab xorijiy sayyohlar e`tiborini tortib kelmoqda. Shu sababli O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 8 martdagi “Qashqadaryo viloyatining turizm salohiyatidan samarali foydalanish chora-tadbirlari to`g`risida”gi 198-son qarorida bahor va kuz oylarida “Ko`pkari” milliy o`yinlarini tashkil etish va ularga xorijiy va mahalliy turistlarning tashrifini tashkil etish vazifasi yuklatilgan edi.

Qaror ijrosini ta`minlash maqsadida kuz mavsumida Qashqadaryo viloyatida bo`lib o`tadigan “Ko`pkari” musobaqalari to`g`risida ma`lumotlarni tarqatish maqsadida telegram tarmog`ida @Kupkariuz kanali joriy etildi.

Qashqadaryo viloyatida 2019 yil kuz mavsumida bo`lib o`tadigan musobaqalar jadvali quyidagicha:

22 sentyabr – Yakkabog` tumani Tatar qishlog`ida katta ko`pkari;

28 sentyabr – Yakkabog` tumani Suvli soy qishlog`i;

6 oktyabr - Yakkabog` tumani Haydarbuloq qishlog`i;

12 oktyabr - Yakkabog` tumani Xayrsoldi qishlog`i;

13 oktyabr - Yakkabog` tumani Chakar qishlog`i;

26 oktyabr - Yakkabog` tumani Tatar qishlog`i;

3 noyabr - Yakkabog` tumani Tatar qishlog`i.

    Boshqa yangiliklar