41

Jahon chempioniga Tracker mashinasi berildi

Sport 24.09.2019, 08:48
1056
Jahon chempioniga Tracker mashinasi berildi

Boks bo`yicha jahon chempioni, 52 kg. vazn toifasidagi Shahobiddin Zoirov hamda uning murabbiyi Istam Kabinovga Buxoro viloyati hokimi O`ktam Barnoev Shevrolet Tracker avtomobillarini topshirdi.


Jahon chempioni va uning murabbiyini taqdirlash marosimi «Ark» qo`rg`onida bo`lib o`tdi.

Shahobiddin Zoirov:

— 2016 yilgi Rio Olimpiadasida hamda 2018 yilgi Osiyo o`yinlarida yuksak natijaga erishgan edim. Ekaterinburgda kechgan murosasiz va shiddatli bahslar ham omad keltirdi. Bu yutuq va muvaffaqiyatlarim ortida men uchun hamisha duoda bo`lgan ota-onam va meni qo`llab turgan Vatanim bor. Ular oldida, shuningdek, meni doimo janglarga shiddatkor kirishimda kuch bag`ishlagan murabbiyim oldida ta`zimdaman. G`alabalarim sizlar uchun!

21 sentyabr kuni Ekaterinburgda o`tgan jahon chempionatida Zoirov oltin medalga ega chiqqandi.


Комментарии