UFC bilan shartnoma imzolagan birinchi o`zbek aralash yakkakurashchisi Mahmud Murodov Kopengagen shahrida bo`lib o`tgan ilk jangida italiyalik Alessio Di Chiriko ustidan ustunlik namoyish etib g`oliblikni qo`lga kiritdi.
Jangdan bo`lib o`tgan qisqa intervyuda o`zbekistonlik jangchi jangga yaxshi tayyorgarlik ko`ra olmaganini va buning uchun unda faat 2 hafta vaqt bo`lganini xabar qildi. Shuningdek Murodov o`z g`alabasini O`zbekiston xalqi va prezidentiga bag`ishlashini e`lon qildi. Qo`llab-quvvatlagan barchaga minnatdorlik bildirib - biz yurishda davom etamiz, - dedi.
G`oliblikni qo`lga kiritgan Mahmud Murodov ikki davlat – O`zbekiston va Chexiya bayroqlarini ko`tarib chiqdi.