42

Mirzabek Xolmedov vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi...

Shou-biznes 30.09.2019, 09:42
20630
Mirzabek Xolmedov vafot etgani haqida xabarlar tarqaldi...

Ijtimoiy tarmoqlarda “O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Mirzabek Xolmedov 29-sentyabr kuni soat 16.30 da yurak hurujidan vafot etdi”, degan xabarlar yashin tezligida tarqamoqda.

Ushbu ma`lumotga aniqlik kiritish maqsadida sevimli qiziqchimizning o`g`li bilan bog`landik.

Ulug`bek XOLMEDOV: — Tarqalayotgan bu xabarlar yolg`on! Otam soppa-sog`, umrlari uzoq bo`lsin! Bunday mish-mishlar kishi dilini xira qiladi...

Ba`zi bir messenjer egalari o`z foydalanuvchilari sonini ko`paytirish uchun mana shunday “yo`l”ni tanlagani achnarli, albatta. Bundaylarga insof, sevimli san`atkorimizga esa sihat-salomatlik va uzoq umr tilab qolamiz.

Комментарии