AsosiySalomatlik

Semizlikka qarshi kurashuvchi mahsulot aniqlandi

'Semizlikka qarshi kurashuvchi mahsulot aniqlandi  'ning rasmi

Amerikalik olimlar har kuni ko`p bo`lmagan miqdorda yong`oq iste`mol qilish semizlik rivojlanishi xavfini kamaytirishini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari MedicalXpress saytida e`lon qilingan.

Tadqiqotchilar 20 yil davomida 300 mingga yaqin kishining sog`lig`ini kuzatishgan. Eksperiment ishtirokchilari olimlarga o`zlarining vazni, taom rasioni, alkogol iste`mol qilishi va jismoniy faolligi haqidagi ma`lumotlarnitaqdim etishgan.

Ma`lum bo`lishicha, sutkasiga muntazam ravishda 14 gramm yong`oq iste`mol qilganlarda semizlik kasaliga chalinish boshqalarga qaraganda 23 foizga kamaygan.

Shu bilan birga, yong`oqning foydasini sezish uchun qayta ishlangan go`sht, shokolad va turli qandolatchilik mahsulotlaridan voz kechish tavsiya etiladi.

Eslatib o`tamiz, avvalroq yong`oq iste`mol qiluvchi kishilar boshqalarga nisbatan kamroq depressiya holatiga tushishlari aniqlangani xabar qilingan edi.



    Boshqa yangiliklar