41

​EI Evropa kompaniyalarini O`zbekistonning energetika sohasiga sarmoya kiritishga chaqirdi

Iqtisodiyot 02.10.2019, 13:49
199
​EI Evropa kompaniyalarini O`zbekistonning energetika sohasiga sarmoya kiritishga chaqirdi

Evropa Komissiyasi Evropa kompaniyalarini O`zbekistonning energetika sohasiga sarmoya kiritishga chaqirdi Regnum.ru nashri.

Shu bilan birga, Evropa Komissiyasi vakilining aniq fikrlari keltirilmagan. Nashrning qayd etishicha, o`tgan hafta oxirida Energetika vazirining birinchi o`rinbosari Jo`rabek Mirzamaxmudov boshchiligidagi O`zbekiston delegasiyasi Bryusselda O`zbekiston energetika sohasida olib borilayotgan islohotlarga bag`ishlangan seminarda ishtirok etgan. Tadbir Evropa Osiyo tadqiqotlari instituti tomonidan tashkil etilgan.

“Evropa kompaniyalariga murojaat qilgan Xalqaro aloqalar bo`yicha Evropa Komissiyasining boshlig`i An-Sharlot Bournovill EI energiya tejamkor texnologiyalarni joriy qilish va energetika sohasida uglerod chiqindilarini kamaytirish bo`yicha o`z tajribasi bilan o`rtoqlashishga tayyorligini ta`kidladi”, - deyiladi xabarda.

Eslatib o`tamiz, avvalroq O`zbekiston Energetika vazirining o`rinbosari Sherzod Xo`jaev respublika hukumati deyarli barcha elektr stansiyalarining aktivlarini xususiy investorlarga, shu jumladan, xorijiy sarmoyadorlarga bosqichma-bosqich sotishni rejalashtirayotganini aytgandi. Faqatgina qurilishi 2020 yilda boshlanishi rejalashtirilgan bir nechta gidroelektrostansiyalar va atom elektr stansiyalari davlat boshqaruvida qoladi.

Комментарии