Avval xabar berganimizdek, Toshkent shahridagi “O`zekspomarkaz” milliy ko`rgazmalar majmuasida «TASHKENT BOOK FEST – 2019» — I Toshkent xalqaro kitob ko`rgazma-yarmarkasi o`z faoliyatini boshladi.
Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi ko`rgazmaning ikkinchi kunida OAV vakillari, noshirlar va kitobxonlar uchun o`tkaziladigan muhim tadbirlar haqida xabar bermoqda.
Kitobsevarlar bugungi ko`rgazmada quyidagi qiziqrli tadbirlarning ishtirokchisiga aylanishimumkin:
- “Hilol Nashr” tomonidan Shayx Muhammad Sodiq Yusufning “Olam va odam, din va ilm” nomli kitobi, shuningdek, “Hilol Nashr” innovasion kutubxonasi, “Hilol e-Book” ilova dasturi taqdimotlari;
- O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda “Adabiy do`stlik — abadiy do`stlik” mavzusida ijodiy uchrashuv;
- “Akademnashr”, “O`zbekiston Milliy ensiklopediyasi”, “Jivaya kniga”, “Sano-standart”, “O`zbekiston”,“Yangi asr avlodi” nashriyotlarida chop etilgan yangi asarlar taqdimoti;
- Intelektual viktorinalar, bolalar uchun badiiy uchrashuvlar, ertaklar olamiga sayohat va kitoblar ko`rgazmasi taqdim etiladi.