41

​AI-91 benzini birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan pasaydi

Iqtisodiyot 03.10.2019, 14:20
72
​AI-91 benzini birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan pasaydi

2019 yil 23-27 sentyabr kunlari "O`zRTXB" AJda o`tkazilgan birja savdo natijalariga ko`ra birja bozorining turli tovar segmentlarida narxlarning ustuvor ravishda pasayishi kuzatildi.

Ko`rib chiqilayotgan davr mobaynida 3720,7 tonna AI-91 rusumli benzin birja savdolariga qo`yildi, va shundan 3402,5 tonnasi sotildi. So`nggi savdo haftasida AI-91 rusumli benzini bo`yicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 0,7% ga pasayib, bir tonnasi uchun 6409,7 ming so`mni tashkil etdi.

O`tgan haftada suyultirilgan gaz ishlab chiqaruvchilari birja savdolari orqali 14,5 mlrd so`mlik 4771,0 tonna suyultirilgan gaz sotishdi. Gazning birjada shakllangan narxi oldingi haftaga nisbatan 6,7% ga pasayib, bir tonna uchun 3037,5 ming so`mni tashkil etdi.

O`xshash tendensiya qora metall bozorida ham kuzatilmoqda. ST 12-35 GS armaturaning narxi 2,2% ga pasaydi va bir tonnasi uchun 5000,7 ming so`mni tashkil etdi. Birja orqali sotilgan barcha turdagi qora metallarning hajmi jami 7,4 ming tonnani tashkil qilgan.

Sement bozori kichik o`sishni ko`rsatmoqda. PS M-400 D-20 markali sement bo`yicha haftalik kotirovka bir tonna uchun 485,5 ming so`m miqdorida belgilanib avvalgi haftaga nisbatan 0,7% ga usdi. Faol sotilayotgan boshqa markali sementlarning narxlar diapazoni bir tonna uchun o`rtacha narx 401,0-602,0 ming so`mni tashkil etmoqda.

Paxta tolasi bozorida narxlar trendi o`z yo`nalishini o`zgartirdi. O`tgan hafta 1 nav 4 tip (oddiy klass)dagi paxta tolasi bo`yicha narxlar 2,7% ga pasayib, bir tonna uchun 12,9 mln so`mni tashkil etdi. Paxta tolasini boshqa navlarining narxlari o`rtacha 7,4 mln so`mdan 13,4 mln so`mgacha bo`ldi.

Plyonka ishlab chiqarishda foydalaniladigan F-0120 polietilenning bir tonna uchun narxi 12,6 mln so`mni tashkil etib, 2,8% ga pasaydi. O`tgan haftada birjada jami 2,8 ming tonna polietilen sotilgan.

O`tgan haftada karbamid narxi ko`tarilishi kuzatildi. So`nggi savdo haftasida karbamid bo`yicha shakllangan birja kotirovkasi avvalgi haftaga nisbatan 2,8% ga o`sib, bir tonnasi uchun 1811,0 ming so`mni tashkil etdi. Umuman olganda, hafta davomida birja savdolari orqali 21,0 ming tonna mineral o`g`itlar sotildi.

Комментарии