41

​Markaziy bank ustav kapitalini 2 mlrd. so`mdan 1 trillion so`mgacha etkaziladi

Iqtisodiyot 04.10.2019, 12:31
154
​Markaziy bank ustav kapitalini 2 mlrd. so`mdan 1 trillion so`mgacha etkaziladi

Navoiy shahrida “Valyutani tartibga solish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi, “O`zbekiston Respublikasining Markaziy Banki to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi, “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi va “Kreditorlarni huquqiy jihatdan himoya qilish kuchaytirilishi hamda tadbirkorlik faoliyatini moliyalashtirish mexanizmlari takomillashtirilishi munosabati bilan O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonunlari muhokama qilindi.

Tadbirda “Banklar va bank faoliyati to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi Qonun haqida so`z yuritilar ekan, hujjat 12 bob va 83 ta moddadan iborat ekanligi qayd etildi. Yangi Qonunga ko`ra bank faoliyati bilan shug`ullanish uchun banklarning ustav kapitali eng kam miqdori 100 mlrd. so`m miqdorida belgilangan. Hujjatga muvofiq bank tuzish uchun dastlabki ruxsatnoma berish, investorlar tomonidan Markaziy bank roziligisiz banklar aksiyalarini sotib olish tartibi takomillashtirilmoqda. Shuningdek, korrupsiyaning oldini olish va manfaatlar to`qnashuviga yo`l qo`ymaslik, bank xodimlarining odob qoidalariga rioya qilishini ta`minlash bo`yicha choralar ham ko`zda tutilgan.

“O`zbekiston Respublikasining Markaziy Banki to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi Qonun 11 ta bob va 72 ta moddadan iborat bo`lib, unda Markaziy bank vakolatlari tartibga solinmoqda. Ushbu moliya muassasasi ustav kapitalini amaldagi 2 mlrd. so`mdan 1 trillion so`mgacha oshirish nazarda tutilgan. Qonun bilan audit o`tkazish tartibi takomiliga etkazilmoqda. Xususan, Markaziy bank faoliyatining ichki va tashqi auditini o`tkazish belgilanyapti. Unga ko`ra ichki audit tegishli xizmat tomonidan yiliga kamida bir marotaba, tashqi audit esa har yili mustaqil auditorlik tashkilotlari tomonidan xalqaro standartlarga muvofiq amalga oshiriladi.

Namangan viloyatida esa “Mudofaa to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuni mahalliy Kengashlar deputatlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida muhokama etildi. Ta`kidlanganidek, Qonun bilan mudofaa sohasidagi davlat siyosatining asosiy maqsadlari belgilanmoqda. Mamlakatimiz mustaqilligi, hududiy yaxlitligi va konstitusion tuzumini himoya qilish, davlatning harbiy xavfsizligini ta`minlash, xalqaro va mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash kabilar shular jumlasidan. Shuningdek, mudofaa sohasida davlat siyosatining o`z xavfsizligini boshqa davlatlar xavfsizligi hisobiga mustahkamlashga yo`l qo`yilmasligi kabi yangi tamoyillari kiritilmoqda

Anjumanlarda ekspertlar ta`kidlaganidek, jamiyat taraqqiyoti yangi qonunlar qabul qilinishini talab qiladi. Shu jihatdan qonun ijodkorligi jarayonining yanada jadallashgani mamlakatimizning demokratik rivojlanish yo`lidan dadil odimlayotganidan darak beradi.

Joylarda Qonunchilik palatasidan Oliy Majlis Senatiga kelib tushgan yangi qonunlar muhokamasi davom etmoqda, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati.

Комментарии