42

Rossiya Gosfilmofond arxivida saqlanayotgan o`zbek kinotasmalarini qaytaradimi?

Madaniyat 04.10.2019, 18:00
124
Rossiya Gosfilmofond arxivida saqlanayotgan o`zbek kinotasmalarini qaytaradimi?

RF madaniyat vazirligida Rossiya madaniyat vazirining o`rinbosari Pavel Stepanovning “O`zbekkino” milliy agentligi bosh direktori Firdavs Abduxoliqov bilan uchrashuvi bo`lib o`tdi.

Mazkur uchrashuvda o`zbek va rus kinematografiyasi arboblari ishtirok etdi.

Muloqot chog`ida “O`zbekkino” milliy agentligi rahbari Rossiyaning Gosfilmofondida saqlanayotgan O`zbekiston tarixiga oid kinomateriallar haqida so`z ochdi.

“O`zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev O`zbekiston kinosanoatini faqat badiiy filmlar emas, hujjatli filmlar ham yaratish bilan ravnaq toptirish zarur deb hisoblaydi. Afsuski, O`zbekistonda tarixiy lavhalar aks etgan filmlar arxivi u qadar katta emas. Ko`pgina materiallar Rossiyada saqlanadi va biz uchun O`zbekistonga o`z kinematografiya merosini qaytarish juda muhim”, – dedi “O`zbekkino” rahbari Firdavs Abduxoliqov.

Pavel Stepanov esa Rossiya madaniyat vazirligi bu materiallarni O`zbekistonga berish masalasini ko`rib chiqishga tayyorligini bildirdi. Ammo ularning ko`pchiligi qayta tiklashga muhtoj deya ta`kidladi.

Arxiv materiallarini qayta tiklash uchun hozirda “Gosfilmofond” faoliyat olib bormoqda, barcha ta`mirtalab materiallarga ishlov berish uchun besh yillik dastur ishlab chiilmoqda. Bu ishlar faqatgina ta`mirlashni emas arxiv materiallarini raqamlashni ham ko`zda tutadi.

“Bu faoliyatda ularning sifatini yo`qotmasdan iloji boricha dastlabki tasvirlarni saqlagan holda olib boriladi”, dedi Rossiya madaniyat vaziri o`rinbosari.

Uchrashuvda shuningdek O`zbekiston va Rossiya Federasiyasi o`rtasida kinomahsulotlar ishlab chiqarish sohasida hamkorlik qilish masalalari ham muhokama qilindi.

Tomonlar hamkorlikda Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g`alabaning 75 yilligi haqida hujjatli film yaratishga kelishib olishdi.

"Biz ushbu muhim sanaga bag`ishlangan hamkorlikdagi loyihani taklif etamiz. O`zbekistonlik yoshlar ham, rossiyalik yoshlar ham xalqlarimiz buyuk g`alabaga hissa qo`shish uchun nimalarga tayyor bo`lganini va g`alaba qanday qurbonlar evaziga qo`lga kiritilgani haqida bor haqiqatni bilishlari kerak.

Men o`ylaymanki, biz juda katta va xayrli ishga qo`l uryapmiz” – dedi Firdavs Abduxoliqov.

Madaniyat vazirining o`rinbosari bu taklifni qo`llab-quvvatlar ekan, masala tashkilotning vakolatli organi bo`lgan departament tomonidan ko`rib chiqilajagini bildirdi.

Комментарии