Shu yilning 11 oktyabr kuni ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni Konor Makgregor sud oldida javob beradi.
Sud Irlandiya poytaxti Dublin shahrida bo`lib o`tadi. Konorning sudlanishiga qahvaxonada qariyani urgani sabab bo`lmoqda.
Agar Makgregorning aybdorligi isbotlansa, u yarim yillik qamoq jazosi yoki eng engil jazo — 1 ming 500 funt sterling miqdoridagi jarima to`lashi lozim bo`ladi.
Ma`lumot uchun, shu yilning mart oyida Konor Makgregor professional sportchi sifatida iste`foga chiqishini va boshqa ish bilan shug`ullanish istagini e`lon qilgandi. Biroq, ko`pgina mutaxassislar bu gapga shubha bilan qaradi.