AsosiyMadaniyat

Hindistonlik kinoijodkorlar Xorazm viloyatida yangi kinofilmni suratga olmoqchi

'Hindistonlik kinoijodkorlar Xorazm viloyatida yangi kinofilmni suratga olmoqchi'ning rasmi

Oktyabr oyining ohirgi haftasida Xorazm viloyatiga Hindistonning "PANORAMA STUDIOS PVT. LTD." kinokompaniyasi ijodkorlari tashrif buyurishadi. Tashrifdan ko`zlangan maqsad melodramma janridagi "Khuda Haafiz" nomli filmni suratga olishdir. 

Vohada tasvirga olish ishlari 1 oy mobaynida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan. Unda Xiva shahridagi "Ichan qal`a" hududi, "Erkin" mehmononasi, Yangiariq tumanidagi Ostona qishlog`i hududi, Urganch shahri aeroporti, "Ayoz-qal`a" yodgorligi hududlari va ko`chalarida olib borilishi kutilmoqda.

Ma`lumot o`rnida aytish mumkinki, mazkur kinofilmning O`zbekiston hududida tasvirga olinishidan maqsad Prezidentimizning 2019 13 avgustdagi "O`zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida"gi PF-5781-sonli farmoniga muvofiq xorijiy kinokompaniyalar va kinostudiyalarni mamlakatimizda faoliyat olib borishga jalb qilish va ularga qulay shart-sharoit yaratishga yo`naltirilgan.

Boshqa yangiliklar