Му5
44

Toshkentda keksa ayol avtomoyka ishchisi tomonidan jinsiy zo`rlandi

Jinoyat 07.10.2019, 17:19
3196
Toshkentda keksa ayol avtomoyka ishchisi tomonidan jinsiy zo`rlandi

Fuqaro Farrux Zayniddinovga nisbatan 1-1001-1904/241-sonli jinoyat ishi ochildi, deya xabar beradi “Jahon.uz”.

Sababi, 1983 yilda Buxoro viloyatida tug`ilgan 2 nafar farzandning otasi bo`lgan, muqaddam o`g`irlik, transport vositasini olib qochish, hayoti yoki sog`lig`i xavf ostida qolgan va o`zini o`zi himoya qilish imkoniyatidan mahrum bo`lgan shaxsga yordam ko`rsatmaslik kabi jinoyatlarni sodir etgani uchun 4 marotaba sudlangan Farrux Zayniddinov O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 142-moddasi va 118-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.

“Jahon.uz” internet nashrining ushbu jinoyatga oid qo`lga kiritgan hujjatlarga ko`ra, F.Zayniddinov mastlik holatida, Toshkent shahar, Mirzo Ulug`bek tumani, Sho`rtepa ko`chasi 171A-uyda X.T.ning juda keksaligi, unga nisbatan fiziologik va jismoniy jihatdan ojizligidan foydalanib, uning tanasining turli qismlariga urib, uning boshidagi ro`molini og`ziga tiqqan holda qarshiligini engib, egnidagi ichki kiyimlarini kuch ishlatib echib, uning erkiga qarshi zo`rlik ishlatib, tabiiy usulda jinsiy aloqa qilib, nomusiga tekkan.

Ma`lum bo`lishicha, Mirzo Ulug`bek tumani Sho`rtepa ko`chasidagi uyda X.T. taxminan 20 yildan beri yolg`iz yashab kelgan.

Шарҳлар