Parij temir yo`l vokzalida mashhur fransuz oshpazlari o`zlarining ajoyib taomlari bilan yo`lovchilarni mehmon qilishmoqda. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.
Mishlen yulduzini qo`lga kiritgan Fransiyaning 5 ta restorani bosh oshpazlari Parijdagi Sen-Lazar vokzalida o`z mahoratlarini barchaning ko`z o`ngida namoyish etishmoqda. Bu erda temir yo`l stansiyalarida joylashgan Lazare va Le Train Bleu kabi mashhur restoranlarda xo`randalarga taqdim etiluvchi ovqatlarning tayyorlanish jarayoni ko`rsatib berilmoqda.
Oshpazlar faqatgina mahalliy ingridientlardan foydalangan holda taomlarni tayyorlab, yo`lovchilarga taqdim etishmoqda. Fransiya temir yo`llarini boshqaruvchi SNCF davlat kompaniyasi 13 oktyabrga qadar mamlakatning 37 ta vokzalida xuddi shu kabi master-klass va degustasiyalarni o`tkazishni rejalashtirgan. Mazkur jarayonda turli restoranlarning 27 nafar bosh oshpazlari ishtirok etadi.