AsosiySiyosat

Rasul Kusherbaev deputatlarni IIV tomonidan tayyorlangan qonun loyihasiga ovoz bermaslikka chaqirmoqda

'Rasul Kusherbaev deputatlarni IIV tomonidan tayyorlangan qonun loyihasiga ovoz bermaslikka chaqirmoqda'ning rasmi

Deputat Rasul Kusherbaev o`z telegram kanalida Ichki ishlar vazirligi tomonidan tayyorlangan “O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksi 126-moddasiga o`zgartish kiritish haqida”gi Qonuni loyihasi yuzasidan munosabat bildirdi.

“Fuqarolarning orqa eshikka parda taqishlariga hech qanday to`siq yo`qligi xatto bir nechta sudlarda isbotini topgan, shuningdek biz deputatlar tomonidan bir necha bor chiqishlar qilingan bo`lsa ham, IIV YHXB mas`ullarining buni “xato, sizlar nima desanglar ham biz haqmiz”, qabilida ish qilinishi yurtdoshlarimiz oldida hurmatning susayishiga sabab bo`lmoqda. Shuncha bilim, tajriba va salohiyatga ega mustaqil sudlarga, xalq vakillariga bunchalik ishonmay, ularni inkor qilishning sababi nimada, shunga hayronmiz.

Agar IIV YHXB mas`ullari shunchalik haq ekan unda nima uchun “O`zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksi 126-moddasiga o`zgartish kiritish haqida”gi(regulation.gov.uz) qonun loyihasini tayyorlab, ushbu moddadagi haydovchilar avtomobillarining orqa eshiklariga parda taqqanlik uchun javobgar bo`lishdan ozod qiladigan aynan “haydovchining o`rnidan tevarak-atrofni ko`rishni cheklaydigan qo`shimcha narsalar o`rnatish” degan jumlani “tavarak atrofni ko`rishni cheklaydigan”, deya ya`ni “haydovchi o`rnidan” degan so`zni chiqarib tashlashni taklif etmoqda. Bu orqali haydovchilarning avtomobillarning orqa eshigiga parda taqish huquqi to`liq cheklanadi. 

Bundan anglashiladiki, IIVning biz haqmiz, degan da`vosi aslida noto`g`ri bo`lib, endi so`zda sobit turish uchun qaysarlik bilan qonunni o`zgartirishmoqchi. 

Biroq hozir deputatlarimiz ancha faol va odamlarning dardini har qachongidan ko`ra yaqinroq his qilishadi. Ayniqsa, so`nggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi barcha sohalar qatori parlament a`zolarining ham xalq bilan qilayotgan yanada yaqin muloqotlari xalqimizni qiynayotgan masalalarni yaqindan his qilishda muhim omil bo`lmoqda.

Shu bois, deputatlarning qo`lidan o`tadigan ushbu loyiha katta umid bilan qabul qilinmay rad etilishiga ishonaman. Shaxsan men tish tirnog`im bilan bunga qarshiman va barcha hamkasblarimni bunga chaqiraman.”

    Boshqa yangiliklar