Prezident Shavkat Mirziyoev Tojikiston Oliy Majlisi Vakillar palatasi raisi Shukurjon Zuhurov boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi.
Davlatimiz rahbari oliy darajadagi o`zaro ishonchga asoslangan muntazam muloqot ikki tomonlama hamkorlikni misli ko`rilmagan yuksak darajaga ko`tarishga xizmat qilganini katta mamnuniyat bilan qayd etdi.
Tojikiston parlamenti quyi palatasi raisi mamlakatimiz parlamentiga saylovlar muvaffaqiyatli o`tishini tiladi.