42

Putin tug`ilgan kunida maoshini oshirish to`g`risida Farmon imzoladi

Dunyo 08.10.2019, 09:48
123
Putin tug`ilgan kunida maoshini oshirish to`g`risida Farmon imzoladi

Rossiya prezidenti bir qator davlat xizmatchilarining, shu jumladan Rossiya Prezidenti va Bosh vazirining maoshlarini oshirish to`g`risidagi farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, 1 oktyabrdan boshlab ish haqi 4,3 foizga oshiriladi - bu 2018 yilgi rasmiy inflyasiya darajasi.

Bundan tashqari, Bosh vazir o`rinbosarlari, vazirlar, MSK raisi, Bosh prokuror, FSB, Rossiya Gvardiyasi, Tashqi razvedka xizmati va boshqa idoralar rahbarlarining oylik maoshlari shunga o`xshash miqdorda oshirildi.

Avvalroq Putin o`zi va Medvedev uchun ish haqini 2018 yil yanvarida oshirgan edi. O`shanda ular 4% indeksasiya qilingan.

7 oktyabr kuni farmon imzolangan kunVladimir Putin tug`ilgan kunini nishonlagandi.

 

Комментарии