41

Rossiya aholisi 2024 yildan boshlab tabiiy o`sadi, ungacha...

Dunyo 08.10.2019, 14:50
175
Rossiya aholisi 2024 yildan boshlab tabiiy o`sadi, ungacha...

Rossiya aholisining tabiiy kamayishi 2023 yilgacha davom etadi. Bu haqda Davlat Dumasiga federal byudjet loyihasi bilan birga taqdim qilingan Rossiyaning 2020–2022 yillarga mo`ljallangan ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot prognozlarida ta`kidlanadi, deya xabar berilmoqda.

Hujjatga ko`ra, 2023 yilga qadar mamlakat aholisi soni faqat migrantlar soni hisobidan oshadi. Aholining tabiiy o`sishiga 2024 yildan keyingina umid qilsa bo`ladi. Rossiya aholisining soni 2024 yilga borib 149 million kishiga etishi kutilmoqda.

Bundan avval “Rosstat“ davlat statistika federal xizmati Rossiya aholisining tabiiy kamayishini qayd qilgan edi. 2019 yilning birinchi yarmida Rossiyada o`lganlar soni tug`ilganlar sonidan 199 ming kishiga oshib ketgan. Migrasiya oqimi tabiiy yo`qotishlar o`rnini qoplay olmadi. Shu bilan birga tug`ilish hisobiga aholining tabiiy ko`payishini ta`minlash imkoniyatlari cheklangan, chunki Rossiyada reproduktiv yoshdagi ayollar soni qisqarib bormoqda. 2019 yil boshlarida ularning soni 35 million kishidan oshmadi. 

O`tgan yilning dekabr oyi holatiga asoslanib “Rosstat“ bergan ma`lumotga ko`ra, Rossiyada so`nggi 10 yil ichida aholi soni sezilarli darajada kamaygan.

Комментарии