Tashqi iqtisodiy faoliyat (TIF) ishtirokchilari tomonidan tovar va transport vositalarining eksporti va importida bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflangan o`rtacha vaqti haqida bojxona postlari kesimida 2019 yil sentyabr oyi yakunlari e`lon qilindi
Eksport bo`yicha
1 o`rin - “Andijon” TIF bojxona posti – 5 daqiqa 4 soniya;
2 o`rin - “Kitob” TIF bojxona posti – 7 daqiqa 24 soniya;
3 o`rin - “Qorovulbozor” TIF bojxona posti – 7 daqiqa 38 soniya.
Import bo`yicha
1 o`rin - “Andijon” TIF bojxona posti – 18 daqiqa 41 soniya;
2 o`rin - “Jarqo`rg`on” TIF bojxona posti – 32 daqiqa 21 soniya;
3 o`rin -“Muborak” TIf bojxona posti – 37 daqiqa 28 soniya.
Xabarda keltirilishicha, ushbu ma`lumotlarni Davlat bojxona qo`mitasi endilikda ilk bor Davlat ochiq ma`lumotlar portalida e`lon qilmoqda.