AsosiySiyosat

1000 nafar xodim xorijiy davlatlarga stajirovkaga yuboriladi

'1000 nafar xodim xorijiy davlatlarga stajirovkaga yuboriladi'ning rasmi

Prezidentning “Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, Agentlik davlat fuqarolik xizmatchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi bo`yicha qonun hujjatlarining so`zsiz bajarilishini o`rganadi. 

Qaror bilan davlat organlari va tashkilotlari kadrlar bo`linmalarining asosiy vazifalari belgilandi. 

Qarorga ko`ra, davlat organlari va tashkilotlarining o`rta va quyi bo`g`inidagi eng istiqbolli xodimlarning kamida 1000 nafarini 3 oydan 6 oygacha bo`lgan muddatda xorijiy davlatlarga stajirovkaga yuborish bo`yicha dastur ishlab chiqiladi.

Stajirovka o`tayotgan shaxslarga stajirovka o`tayotgan mamlakatdagi O`zbekiston Respublikasi elchisi mehnatiga haq to`lash miqdorining 60 foizi miqdorida o`rtacha oylik ish haqi to`lanadi.

Xodim stajirovka tugagandan so`ng davlat organi va tashkilotiga kamida 2 yil ishlab berishi shart. 

Qaror bilan Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida Davlat fuqarolik xizmatchilari malakasini oshirish markazi tashkil etildi. 

Shuningdek, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi to`g`risidagi nizom tasdiqlandi.

    Boshqa yangiliklar