41

O`zbekiston Prezidenti Ashxobodda qator davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o`tkazadi

Siyosat 08.10.2019, 22:17
295
O`zbekiston Prezidenti Ashxobodda qator davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o`tkazadi

 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2019 yil 10-11 oktyabr kunlari Ashxobod shahrida bo`lib o`tadigan Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligi Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etadi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti xabar berdi.

Yig`ilishda Hamdo`stlik doirasida ko`p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan kompleks masalalarni muhokama qilish, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

Sammit yakunida bir qator hujjatlarni, jumladan, 2020 yilda MDHda raislikning O`zbekiston Respublikasiga o`tishi to`g`risida qaror, Strategik iqtisodiy hamkorlik to`g`risida deklarasiya, 1941-1945 yillar Ulug` Vatan urushida qozonilgan G`alabaning 75 yilligi munosabati bilan MDHga a`zo davlatlar rahbarlarining Hamdo`stlik mamlakatlari xalqlari va xalqaro hamjamiyatga murojaati, 2020-2022 yillarda terrorizm va ekstremizmning boshqa zo`ravonlik ko`rinishlariga qarshi kurashish  bo`yicha hamkorlik dasturini qabul qilish ko`zda tutilgan.

Shuningdek, O`zbekiston Prezidenti MDH sammitidagi ishtiroki doirasida Ashxobodda qator davlatlar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazadi.

 

Комментарии