41

Zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlari tashkil etiladi

Siyosat 09.10.2019, 10:51
60
Zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlari tashkil etiladi

2019 yil 7 oktyabrda «Zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish bo`yicha chora-tadbirlar to`g`risi»da Hukumat qarori qabul qilindi.

Qaror bilan 2019-2020 yillarda hududlar kesimida zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish jadvali tasdiqlandi.

Iqtisodiyot va sanoat vazirligiga ushbu jadvalga asoslangan takliflardan kelib chiqib o`zgartirish va qo`shimchalar kiritish huquqi berildi.

Qarorga muvofiq, zargarlik markazlari asosan hunarmandchilikni rivojlantirish markazlarida, shuningdek, tegishli hududlarning turistik yo`nalishlarida joylashtiriladi.

Shuningdek, zargarlik markazlarini tashkil etish uchun tashabbuskorlarga foydalanilmayotgan bino va inshootlar “nol” xarid qiymatida sotiladi.

Ushbu markazlarni tashkil etilishida hamda respublikada o`tkaziladigan xalq amaliy san`ati festivallarida qatnashuvchi xorijiy mutaxassislarga:

  • kirish vizalari rasmiylashtirishda konsullik va boshqa yig`imlar undirilmaydi;
  • ko`p martalik vizalar rasmiylashtirishda davlat boji undirilmaydi.

Комментарии