41

Kurtkaning ichki cho`ntagiga nima yashirilgan edi?

Jinoyat 09.10.2019, 17:18
88
Kurtkaning ichki cho`ntagiga nima yashirilgan edi?

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Oybek” chegara bojxona posti orqali qo`shni davlatga ketayotgan  fuqaro Sh.I. boshqaruvidagi “DAF Te105xf” rusumli avtotransport vositasi bojxona ko`rigidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda.

Natijada, yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda aytilmagan, 700 000 qozoq tengesi, 90 000 rossiya rubli hamda 7291 AQSh dollari naqd xorijiy valyutalarini yashirgan holda olib chiqmoqchi bo`lganligi fosh qilindi.

Shu kunning o`zida  “OPEL Zafira” rusumli avtotransport vositasini boshqarib qo`shni davlatga yo`l olgan yana bir fuqaro Sh.A. bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, uning egnidagi shimining o`ng cho`ntagida yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda aytilmagan 6500 AQSh dollari hamda 10 000 Rossiya rubli naqd xorijiy valyutalarini yashirib olib o`tishga bo`lgan xarakatlariga ziyrak bojxona xodimlari chek qo`yishdi.

“Oybek” chegara bojxona posti xodimi tomonidan qo`shni davlatga yo`l olgan fuqaro X.Q. xolislar ishtirokida shaxsiy ko`rikdan o`tkazilganida, uning egnidagi kurtkasining ichki cho`ntagida va shimimning cho`ntagida yo`lovchi bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan va og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan 140 000 Rossiya rubli, 5000 AQSh dollari naqd xorijiy valyutalari yashirilganligi aniqlandi.

Ayni paytda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Комментарии