AsosiyDunyo

Avstraliyadagi o`rmon yong`inlari turar-joy binolarini vayron qilmoqda

'Avstraliyadagi o`rmon yong`inlari turar-joy binolarini vayron qilmoqda'ning rasmi

Avstraliyada ro`y berayotgan o`rmon yong`inlari sabab aholi turar joy binolari vayron bo`lmoqda. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Ayni damda mamlakatning qator mintaqalarida o`rmon yong`inlari kuchayganligi kuzatilmoqda. Tabiiy ofat hozirga qadar 30 dan ortiq turar-joy binolarini vayron qilgan. Yangi Janubiy Uels shtatida vaziyat ancha jiddiy. Bu erda yong`inlar bir necha haftadan buyon to`xtamayapti. Kvinslend shtatida alanga sabab mahalliy aholini evakuasiya qilishga to`g`ri keldi.

Hozirda mazkur ikki shtatda 40 ga yaqin alanga o`choqlari aniqlangan. O`t o`chiruvchilarning sa`yi- harakatlari bilan Deydli shtatidagi vaziyatni nazorat ostiga olishga muvaffaq bo`lindi. Avstraliyada bu kabi ofatlar har yili sodir bo`ladi, biroq ularning ko`lami turlicha. 2009 yili mamlakatning Viktoriya shtatida ro`y bergan kuchli o`rmon yong`inlari oqibati 180 nafar kishi halok bo`lgan edi.

    Boshqa yangiliklar