AsosiyJamiyat

Farg`onaliklarning marrani zabt etishiga oz qoldi

'Farg`onaliklarning marrani zabt etishiga oz qoldi'ning rasmi

Farg`ona viloyati paxtakorlari paxta yig`im-terimi mavsumida mamlakatimizda birinchilardan bo`lib, davlatga paxta topshirish rejasini bajarish arafasida turibdi, deya xabar bermoqda O`zA.

82 ming 100 gektar maydonda etishtirilgan mo`l hosil sifatli terilib, paxta punktlariga topshirilmoqda. Hozirga qadar Yozyovon, Qo`shtepa, Rishton, Toshloq va Furqat tumanlari katta xirmon bunyod etib, rejani ortig`i bilan uddaladi.

Shuningdek, Uchko`prik tumani paxtakorlari ham davlatga 17 ming 200 tonnadan ziyod paxta topshirib, shartnomaviy rejani bajardi. "Real Trans Logistic" unitar korxonasi bu erda ilk bor klaster usulida paxta etishtirdi. 5 ming 720 gektar maydonda hudud iqlimiga mos g`o`za navlari tanlanib, barcha agrotexnik talablar asosida parvarish qilindi. Mirishkor fermerlarning yaratib berilgan imkoniyat va imtiyozlardan to`laqonli va samarali foydalanishi, tunu kun qilgan fidoyi mehnatlari o`z natijasini ko`rsatdi. O`rtacha hosildorlik gektariga 30,6 sentnerni tashkil etdi.

“MX Don taraqqiyot”, “Mendieva Ra`noxon”, “Mirjalol Guliston durdonasi” kabi fermer xo`jaliklarida yuqori hosil olinib, salmoqli daromadga erishildi. Ayni kunlarda tuman paxtakorlari qo`shimcha 2 ming 500 tonna paxta topshirishni rejalashtirgan.

    Boshqa yangiliklar