41

Yoshi 100 dan oshgan daraxtlar xatlovdan o`tkaziladi

Jamiyat 10.10.2019, 11:40
49
Yoshi 100 dan oshgan daraxtlar xatlovdan o`tkaziladi

Ugom-Chotqol davlat milliy tabiat bog`ining ayrim tabiiy hududlari va ob`ektlaridan foydalanishni tartibga solish to`g`risidagi Hukumat qarori (853-son, 08.10.2019 y.) qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “Urung`och” ko`li va unga tutash hududlar davlat gidrologik tabiat yodgorligi deb e`lon qilindi. 

Mazkur yodgorlik Burchmullo davlat o`rmon xo`jaligining bir qismi hisoblanadi va ushbu xo`jalik tomonidan erlari olib qo`yilmasdan va ob`ektga salbiy ta`sir ko`rsatuvchi har qanday faoliyatni taqiqlagan holda boshqariladi.

Qarorga ko`ra, “Urung`och” tabiiy ko`li va unga tutash hududlarni o`zgartirishlarsiz saqlash, tog` ekotizimi o`simlik va hayvonot dunyosini qayta tiklash va takror ko`paytirish “Urung`och” davlat gidrologik tabiat yodgorligining asosiy vazifalaridan hisoblanadi.

Ushbu vazifalarni bajarish uchun O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi mas`ul organ etib belgilandi.

2020 yil 1 martgacha tabiiy ob`ektlar va komplekslar, shu jumladan, yoshi 100 va undan oshgan daraxtlar xatlovdan o`tkaziladi

Комментарии