AsosiyJamiyat

“O`zavtosanoat” davlat kompaniyalari orasida “2019 yilning eng yaxshi ish beruvchisi” deb topildi

'“O`zavtosanoat” davlat kompaniyalari orasida “2019 yilning eng yaxshi ish beruvchisi” deb topildi'ning rasmi

“Eng yaxshi ish beruvchi – 2019” IV yillik tanlovida davlat kompaniyalar orasidagi “2019 yilning eng yaxshi ish beruvchisi” sovrini “O`zavtosanoat” AJga topshirildi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi. 

“Talabalar orasida eng talabgir ish beruvchi” sovriniga davlat kompaniyalari orasida UzAuto Motors kompaniyasi sazovor bo`ldi.

Mazkur tanlov DaVinci Management Consulting kompaniyasi har yili o`tkazilib, davlat, mahalliy va xalqaro kompaniyalariga ularning O`zbekiston inson kapitalini rivojlantirishga qo`shgan hissalari uchun mukofotlaydi. 

“O`zavtosanoat” AJ 85 dan ortiq korxonani o`z ichiga oladi, ulardagi ishlab chiqarish jarayonlarida 27 mingdan ziyod kishi faoliyat yuritadi. 

    Boshqa yangiliklar