41

Energetika vazirligi turistik avtobusning yoqilg`isiz to`xtab qolishiga izoh berdi

Jamiyat 10.10.2019, 14:46
58
Energetika vazirligi turistik avtobusning yoqilg`isiz to`xtab qolishiga izoh berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda AYoQSh da turistik avtobusning to`xtab qolgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Tarqatilgan ma`lumotlarda transport vositasiga dizel yoqilg`isini quyish bilan bog`liq muammo tug`ilgani tufayli xorijiy turistlar avtobusining 2 soatga kechiktirilgani haqida hikoya qilinadi. Bu voqea 2 oktyabrda va Samarqand-Qarshi trassasida Koson yoqilg`i quyish shaxobchasida bo`lgan, deb ko`rsatiladi. 

Energetika vazirligi ushbu vaziyatga tegishliligi bo`yicha izoh berdi.

“Ta`kidlash kerakki, O`zbekiston Respublikasi Turizm rivojlantirish davlat qo`mitasining shu yil 9 oktyabrdagi izohiga ko`ra, turistik avtobus ushbu AYoQSh shaxobchasiga sayyohlar qo`shimcha ob`ektlarni ko`rish istagi bildirgani tufayli kelgan. Ammo har qanday holatda sayyohlarga to`laqonli xizmatlar ko`rsatilishi uchun javobgarlik turni tashkil qilgan turistik kompaniya zimmasida bo`ladi. 

O`zbekiston yoqilg`ini xo`jalik yurituvchi sub`ektlarga, shu jumladan, AYoQSh larga sotishda bozor munosabatlariga amal qiladi. Hozirgi paytda ushbu dizel yoqilg`isini sotish birja savdolari orqali amalga oshiriladi. Bunda bozor tamoyiliga amal qilinadi – birjadagi narx haqiqiy ehtiyojni ko`rsatadi. Dotasiyalangan taqsimot davri tugamoqda. Demak, AYoQSh mutlaqo mustaqil xo`jalik yurituvchi sub`ekt, ayni paytda tijoriy sub`ekt sifatida mijozga o`z vaqtida (ya`ni – darhol) yoqilg`i sotish va natijada qancha foyda olish masalasini o`zi hal qiladi. 

Tijoriy sub`ektlarning aksariyati o`z bozoridagi kon`yunkturani, bu o`rinda – mijozlar ehtiyojlarini qondirish uchun yoqilg`i hajmini yaxshi bilgani tufayli daromad oladi va rivojlanadi. AYoQSh dagi holatga kelsak, turistik avtobus haydovchisi yoqilg`i quymoqchi bo`lgan, ammo bu AYoQShda barcha holatlar e`tiborga olinmagan. 

Ta`kidlash kerakki, shu yilning sentyabrida 45,4 ming tonna dizel yoqilg`isi birjaga qo`yilgan. Shundan 14,6 ming tonnasi sotilgan, ya`ni taklif talabdan ortiq bo`lgan. Bunda qandaydir etkazib berilmaslik haqida gap bo`lishi mumkin emas. 

Bu jarayonda mamlaktimizdagi barcha yuridik shaxslar, shu jumladan, turistik firmalar o`z ehtiyojlari uchun to`siqsiz dizel yoqilg`isini sotib olishi mumkin. Ammo bunda yangiliklardan foydalanishni ham o`rganish zarurdir.

Darhaqiqat, AYoQSh va boshqa tijoriy sub`ektlar endigina oqilona tadbirkorlik qilishni o`rganmoqda. Zero, bozor munosabatlari shuni taqozo qiladi. Shundagina raqobat shakllanib, xo`jalik yurituvchi sub`ektlar samarali ishlay boshlaydi va mijozlarga qulay sharoitlarni yaratadi. 

Комментарии