41

“OPV qarshi emlash xavflimi?” Telegramda tarqalgan mish-mishlarga javob bor!

Jamiyat 10.10.2019, 15:04
460
“OPV qarshi emlash xavflimi?” Telegramda tarqalgan mish-mishlarga javob bor!

Telegramdagi guruhlarda ota-onalarni o`ylantirib, vahimaga solgan audio yozuv tarqaldi. Unda 9 yoshli qizlarning odam papilloma virusi (OPV)ga qarshi birinchi emlashi bo`lib o`tishi haqida ma`lumotlarni eshitish mumkin. Kimdir, bu virus odamga juda xavfli ekanini aytsa, yana bir ona vaksina bepushtlika sabab bo`lishini ta`kidlayapti. Aslida-chi? 

Saytimiz uchun soha mutaxassislari eksklyuziv izoh berdi

Nargiza Zohidova, Respublika onkologiya ilmiy amaliy markazi Ginekologiya bo`limi rahbari, onko-ginekolog: 

— Ijtimoiy tarmoqdagi gaplarda bu emlanish bepushlik olib kelishi va uning inson salomatligiga ziyon kelitirishi haqida vahimali gaplar tarqalgan. OPV vaksinalari reproduktiv funksiyaga salbiy ta`sir ko`rsatmasligi to`g`risida ishonchli ilmiy dalillar mavjud. 2006 yilda birinchi OPV vaksinasini lisenziyalashdan oldin o`tkazilgan klinik tadqiqotlar, shuningdek, uning kiritilishidan keyin o`tkazilgan monitoring va xavfsizlik bo`yicha tadqiqotlar ushbu vaksinaning ayollarning reproduktiv disfunksiyasini keltirib chiqarmasligini tasdiqladi.

Mavzuga oid yana boshqa muhim savollarga to`liqroq javombni “Darakchi” gazetasining 42-sonida javob topishingiz mumkin. 

 

Комментарии