Namangan viloyati IIB YXXB YPX inspektori A.R.ga qo`lga tushgani aytilmoqda “xabar.uz” nashrida.
Xizmatdagi inspektor avtomashinasini sug`urta polisisiz boshqarib ketayotgan R.S.ni «ushlab», unga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirmaslik evaziga pul talab qilgan. Inspektor kelishilgan pulni (ikki yuz etmish ming so`m) bevosita o`zi emas, fuqaro A. O. orqali olayotgan paytda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Namangan viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan ushlanadi.
Mazkur holat yuzasidan YPX inspektori A.R.ga nisbatan JKning 210-moddasi 1-qismi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.