41

Rejep Tayyip Erdo`g`on​ Turkiya Suriyada transchegaraviy amaliyot o`tkazishga haqli ekanini ma`lum qildi

Dunyo 10.10.2019, 16:27
112
Rejep Tayyip Erdo`g`on​ Turkiya Suriyada transchegaraviy amaliyot o`tkazishga haqli ekanini ma`lum qildi

Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`onning bayonotiga ko`ra, ikki hukumat o`rtasida 1998 yilda Adanada imzolangan bitim tufayli Anqara qo`shini Suriyada “Tinchlik manbai” deb nomlangan transchegaraviy amaliyotni olib borishga haqli.

“Suriyaning havo hududidan foydalanish masalasiga kelsak, u Qo`shma Shtatlarga tegishli emas. Bu xalqaro fazo, bu Suriyaning havo bo`shlig`i. U AQShga tegishli emasligi sababli, undan foydalanish masalasi Suriya Prezidenti Bashar al-Assad rejimi tomonidan hal qilinadi. Ular (AQSh) bu erga (Suriyaga) rejimning taklifiga binoan kelmagan va biz Adanada bitim (Anqara va Damashq o`rtasida imzolangan) bo`yicha ish olib boryapmiz. Bu kelishuvga binoan, agar rejim Kurdiston Ishchilar partiyasiga qarshi chora ko`rmasa, unda bizning harbiy kuchlarimiz terrorchilarni ta`qib qiladi “, degan Turkiya rahbari Yeni Safak gazetasiga bergan intervyusida. 

Ma`lumot o`rnida, 1980-1990 yillarda Turkiya va Suriya o`rtasidagi munosabatlar juda keskin kechgan. Bu davrda Anqara Damashqni Kurdiston Ishchilar partiyasini (KIP) qo`llab-quvvatlaganlikda ayblab kelgan. 1998 yil oktyabr oyida ikki mamlakat o`rtasidagi munosabatlarda kuchli inqiroz kuzatilib, Turkiya Suriyaga 45 kunlik muddat beradi. Bu vaqt ichida mamlakat KIPning yordamidan butunlay voz kechadi. Xuddi shu yili Suriya hukumati KIP etakchisi Abdulloh O`jalanni mamlakatdan chiqarib yuboradi. 1998 yil 20 oktyabrda ikki mamlakat hukumati vakillari o`rtasidagi muzokaralar Adanada xavfsizlik masalalari bo`yicha qo`shma protokol va kelishuv imzolanishi bilan yakunlangan. 

Комментарии