41

Shavkat Mirziyoev Gurbanguli Berdimuhamedovga MDH sammiti muvaffaqiyatli o`tishini tiladi

Siyosat 10.10.2019, 22:45
69
Shavkat Mirziyoev Gurbanguli Berdimuhamedovga MDH sammiti muvaffaqiyatli o`tishini tiladi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Ashxobodga kelgach, Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashdi.

Suhbatda davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentini Mustaqil Davlatlar Hamdo`stligiga samarali raislik qilgani bilan tabriklab, tashkilot sammiti muvaffaqiyatli o`tishini tiladi.

Uchrashuvda oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida mamlakatlarimiz o`rtasidagi ko`p qirrali hamkorlikni yanada kengaytirish va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash istiqbollari muhokama qilindi.

Shuningdek, xalqaro siyosat va mintaqaviy hamkorlikka doir dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashildi.

MDH sammitining asosiy tadbirlari 11 oktyabrga mo`ljallangan. 

Комментарии