AsosiyJamiyat

Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi tayinlandi

'Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi tayinlandi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi boshlig`i – Ichki ishlar vazirining matbuot kotibi lavozimiga polkovnik Shaxrux Kamalitdinovich Giyasov tayinlandi.

Sh. Giyasov ichki ishlar organlaridagi faoliyatini 1996 yildan boshlab, shu kunga qadar turli lavozimlarda xizmat qilib kelgan. Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar O`zbekiston Respublikasi IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

Yuridik fanlar bo`yicha falsafa doktori ilmiy darajasiga (PhD) ega.

 

    Boshqa yangiliklar