Му5
46

Og`iz orqali nafas olish zararlimi?

Salomatlik 11.10.2019, 17:18
Теглар: nafas, og`iz
450
Og`iz orqali nafas olish zararlimi?

“O`g`lim 12 yoshda. Kechasi uxlaganda og`zi ochilib qoladi. U kechasi og`izdan nafas oladi. Bu zararlimi? ”

Shahlo, Urganch tumani

Yorqinoy Toshpo`latova, terapevt:

—  Odam tabiatan burun orqali nafas olishi kerak. To`g`ri nafas olish — bu burun orqali diafragma (ko`krak qafasi va qorin bo`shlig`i orasidagi mushaklar sohasi)ni ishlatgan holda nafas olishdir. Burun biz yutadigan havodagi zararli bakteriyalarni tozalab beruvchi eng yaxshi filtrdir. Bola sog`lom bo`lsa, burni bilan nafas olishi zarur. Agar u og`zi orqali nafas olsa, uni zudlik bilan pediatr yoki LOR-shifokorga ko`rsatib, maslahatlashish kerak. 

Og`izdan nafas olish burun yo`llarida biron to`siq paydo bo`lishiga ham bog`liq. Bu to`siq burunda adenoidlar (limfa bezlari) yallig`langan va shishganda yuzaga keladi. 

ShUNINGDEK:

  • og`izdan nafas olganda o`pkaga kam miqdorda kislorod etib boradi;
  • Og`iz orqali nafas olish tanaga bakteriyalar ko`p kirishiga sabab bo`ladi. 
  • Burun olingan havoni qizdiradi. Havo quruq bo`lsa — namlantiradi. Og`izdan nafas olishda bu jarayon buziladi.
  • Doimiy tarzda og`izdan nafas olish yuqori va pastki jag` birikuvi buzilishiga olib keladi.

Шарҳлар