AsosiyJamiyat

Turin politexnika universiteti talabasi xalqaro forumda g`olib bo`ldi

'Turin politexnika universiteti talabasi xalqaro forumda g`olib bo`ldi'ning rasmi

20 centyabrda Qatar poytaxti Doha shahrida bo`lib o`tgan “Doha Oasis for Innovation” xalqaro forum tanlovida Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetining IV-bosqich talabasi Mirzobek Malikov O`zbekiston nomidan ishtirok etib, individual musobaqalar bo`yicha kumush medalni qo`lga kiritdi.       

Yosh ixtirochi ushbu forumda “Unmanned Aerial Vehicle (UAV) Monitoring System in a Case of Aral Sea Shrinking” ,“Orol dengizini qayta tiklashda foydalanish uchun mo`ljallangan uchuvchisiz samolyotning (UAV) monitoring tizimi” ixtirosi bilan ishtirok etdi.

Kashfiyot, innovasiya va ishlab chiqarish kabi turli sohalar bo`yicha yoshlarning ijodini rag`batlantirish, qobiliyatlarini yanada rivojlantirish va iste`dodlarini ro`yobga chiqarish maqsadida tashkil etilgan “Doha Oasis for Innovation” xalqaro forumi “Yoshlar - millat kuchi” shiori ostida o`tkazildi. 

Unda musulmon dunyosining 32 ta davlatidan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo`lgan 42 nafar ixtirochi yoshlar barcha sohalarni qamrab oluvchi 22 ta yo`nalish bo`yicha individual va jamoaviy musobaqalarida qatnashishdi. Forum doirasida turli mamlakat yoshlari o`zaro jamoaviy guruhlarga bo`lingan holda 48 soat ichida 6 ta yangi ixtiro qilish qobiliyatlarini namoyish etdilar.  

    Boshqa yangiliklar