O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 2019 yil 14-15 oktyabr kunlari Boku shahrida bo`lib o`tadigan Turkiy tilli hamkorlik kengashining (Turkiy kengash) ettinchi sammitida ishtirok etadi.
Ozarbayjon, Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkiya, O`zbekiston, kuzatuvchi mamlakat sifatida ishtirok etayotgan Vengriya hamda Turkmaniston delegasiyalari rahbarlari Turkiy kengash doirasidagi ko`p qirrali hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan masalalarni muhokama qiladilar.
Sammitda Turkiy kengashga a`zo davlatlar rahbarlarining O`zbekiston Respublikasining to`la huquqli a`zo sifatida Tashkilotga qo`shilishi to`g`risida Qo`shma bayonoti qabul qilinadi.
Uchrashuv yakunida Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi ettinchi sammitining deklarasiyasi qabul qilinishi kutilmoqda.
Prezidentimiz Bokuga tashrifi doirasida sammitda ishtirok etadigan delegasiyalar rahbarlari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o`tkazadi.