Му5
44

Qahva – yoshlik eliksiri

Salomatlik 15.10.2019, 15:11
Теглар: qahva, yoshlik, salomatlik
453
Qahva – yoshlik eliksiri

Ingliz yozuvchisi Jonatan Svift: “Qahva bizni g`ayratchan, tirishqoq va faylasuf qiladi” deya ta`kidlagan.

Tarkibida organizm uchun foydali ko`plab moddalar bo`lgan qahva harakat faolligini oshirishi, moddalar almashinuvini tezlashtirishi sababli yoshlik eliksirlari qatoriga kiritilgan. Tarkibidagi kofein tufayli u kishiga tetiklashtiruvchi kuch bag`ishlaydi. Bu ichimlik inson miyasining tiniq ishlashiga ijobiy ta`sir ko`rsatadi. Kuniga 1-2 finjon qahva kundalik me`yor hisoblanadi. Shu me`yordan oshmasa mehnat qobiliyatini kuchaytiradi, xotira va diqqat-e`tiborni teranlashtiradi. Qon bosimi tushishidan paydo bo`lgan bosh og`rig`ida va tumovda, shamollashdagi holsizliklarni engishga yordam beradi.

Kuniga 1 finjon qahva ichgan kishilarda depressiya xavfi 80 foizga kamayadi. Shuningdek Alsgeymer, Parkinson kasalliklari va keksalikdagi aqliy noqislikdan saqlaydi.

Tez-tez peshob haydashi tufayli buyrakni faol ishlashga undaydi, shu tariqa tanadagi shishlarni kamaytiradi.

Qahva jinsiy faollikni oshiradi, umuman prostata bezi bilan bog`liq muammolardan saqlaydi.

Meva va sabzavotlarni kam eydigan odamlar antioksidantlarni qahvadan olishi mumkin.

Qahvaning kundalik me`yori

Achchiq qahva qon bosimini oshiradi. Gipotoniyada foyda, ammo gipertoniyada uni me`yoridan ko`p iste`mol qilish yaramaydi.

Haddan tashqari ko`p qahva ichish asabiylik, jizzakilik, uyqusizlikka sabab bo`lishi mumkin. Unga o`rganib qolish va birdan voz kechish depressiyaga olib keladi. Och qoringa ichilgan qahvaning organizmga foydasi yo`q.

Sog`lom odam uchun kofeinning kundalik dozasi – 300-500 mg.

Bir stakan ichimlikda 120-150 mg kofein mavjud. Agar shokolad va boshqa kofein saqlovchi mahsulotlar iste`mol qilmasangiz, kuniga 2 chashka qahva me`yor hisoblanadi.

Och qoringa qahva ichish tavsiya etilmaydi. Qahva uchun eng ma`qul vaqt soat 9.00-10.00 oralig`i hisoblanadi. kechki payt ichilgan qahva uyquni qochiradi.

Bir finjon qahva organizm uchun zarur bo`lgan kundalik V2 vitaminining 11 foizini, V5 vitaminining 6 foizini, kaliyning 3 foizini hamda magniyning 2 foizini beradi.

Qahvaxo`r xonimlarda ortiqcha vazn bo`lmaydi. Chunki bu ichimlik organizmda moddalar almashinuvini 3 foizdan 11 foizgacha tezlashtiradi.

Jismoniy mashqlarni boshlashdan avval bir finjon qahva ichib olsangiz, organizmda adrenalin miqdori ortib, yog` to`qimalaridagi yog` kislotalari tozalanadi.

Tetiklashish uchun qora oz shakarli qahva, shunchaki mazali ichimlik o`rnida esa sutli qahva ma`qul.

Шарҳлар